Markaziy yarim himoyachi Yunus Musa «Milan»da qoladi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, «Milan»ga Musa uchun Italiyadan, Turkiyadan va Angliyadan uch taklif kelgan, ammo italiyalik buyuk klub ularni rad etdi. «Rossoneri» bosh murabbiyi Ruben Amorim amerikalik futbolchini saqlab qolishni xohlaydi, shuningdek, o'z navbatida futbolchi ham jamoada qolishga tayyor.

O'tgan mavsumda Musa «Atalanta»da ijarada o'ynadi. U jamoa safida barcha musobaqalarda 28 uchrashuvda ishtirok etib, ikki gol urdi va bir golga assistentlik qildi.

Futbolchining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari yarim himoyachini 14 million evroga baholamoqda.

Amorim «Milan»ning to'rtta futbolchisini transferga qo'ydi