Italiyaning «Roma» klubida o‘ynagan sobiq futbolchi CSKAda ham to‘p surgan Miran Pyanich joriy mavsumda klubning boshlanishidan hayratda. U «Roma»ga g‘alaba tiladi.
««Roma» o‘ynaganda, divanda o‘tirib, tomosha qilishdan zavq olasiz. Jamoa maydonda ajoyib taassurot qoldirmoqda; men birinchi o‘yindan boshlab aytdim: agar ular mavsum davomida bunday sur'atni saqlasa, hech kim ularga muammo yaratishi qiyin. Umid qilamanki, «skudetto» klubga qaytadi va «Roma» ajoyib muxlislar bilan birga g‘alabani nishonlaydi», - deya Pyanichning so‘zlarini keltiradi forzaroma.info.
So‘nggi marta «Roma» 2001 yilda Italiya chempioni bo‘lgan.
