Antonio Konte «Napoli»dagi ishini tugatgandan so'ng dam olish qarorini tushuntirdi.
- Bu ajoyib tajriba edi. Bu ko'p energiya talab qildi va oson bo'lmadi. «Napoli», «Roma» yoki «Latsio»ning «Inter», «Yuventus» va «Milan» bilan kurashi oson emas. Shuning uchun men juda ko'p energiya sarfladim. Hozirda men sodir bo'layotganlarni kuzatish bosqichidaman. Ishlamasangiz, o'yinlarni tinchlik bilan tomosha qilish, yangi yondashuvlarni o'rganish va futbol rivojlanishini o'z g'oyalarimga moslashtirish imkoniyati paydo bo'ladi, - deydi Konte The Athleticga bergan intervyusida.
Konte «Napoli»ga 2024 yilning yozida kelgan. Mutaxassis rahbarligida neapolliklar birinchi mavsumda Seriya Ani yutishdi. O'tgan yozda u klubni tark etdi.
