Jennaro Gattuzo «Milan»dagi debyutini eslaydi - u klubga kelganida boshqa futbolchilarga nisbatan tayyorgarlik darajasi past bo'lganini his qiladi.

«Milan»da o'tkazgan vaqtim men uchun orzularimning ro'yobga chiqishi bo'ldi. Jamoaga kelganimda, mening darajam kerakli talablar bilan mos kelmas edi. Men to'pga urishning qanday ovoz chiqarishini eshitardim — ular qanday urishayotganini va men qanday urayotganimni his qilardim. Milanellodagi bazada klub tomonidan qo'lga kiritilgan trofeylarning suratlarini ko'rardim va maqsadim o'sha suratlarda o'zimni ko'rish edi. Bu menga harakat qilish uchun kuch berdi, hatto birinchi yillarda hech narsa yutmagan paytlarimda ham. Men o'sha chempionlar va ajoyib insonlarga chuqur minnatdorman», - deb Gattuzoning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, Jennaro futbolchi sifatida «Milan»da 1999 yildan 2012 yilgacha o'ynagan.