Italiyalik mutaxassis Antonio Konte o'zining murabbiylik faoliyatini davom ettirish uchun qaysi variantni qiziqarli deb bilishini aytdi.
- Ko'p klub mavjudki, ular bir darajada o'z tarixini yo'qotib qo'ygan. Men shunday klublardan biriga kelib, ushbu tarixni yangilab, yana porlashi uchun harakat qilmoqchiman. Meni qiziqtiradigan klub, bu bosim ostida bo'lgan, kelganingizda faqat ishtirok etish emas, balki kurashish kerakligini yaxshi tushunadigan klubdir, - deya Konte The Athletic'ga aytgan.
Hozirda Konte ishsiz. Uning so'nggi ish joyi «Napoli» bo'lib, u uni 2026-yil yozida tark etgan. Konte faoliyatida shuningdek «Yuventus», «Chelsi», Italiya terma jamoasi va boshqa bir qator klublar mavjud.
