«Milan» klubining hujumchisi Kristofer Nkunkuga, klubga endi uning xizmatlari kerak emasligini ma'lum qildi.

O'yinchi jamoani to'liq transfer orqali yoki ijaraga o'tish orqali tark etishi mumkin, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano.

Oldinroq, «rossoneri» bosh murabbiyi Ruben Amorim fransuz futbolchisi va yana uch o'yinchiga: Fikayo Tomori, Yussuf Fofana va David Oduguga umid qilmayotganini bildirgandi. Shuningdek, Rafaxl Leau va Santyago Ximenes ham xavfsiz his qilmasligi mumkin.

Nkunku 2025 yil avgustda Londondagi Chelsidan «Milan»ga o'tgan. U «qizil-qora» jamoasi safida Seriya Ada 32 o'yin o'tkazib, 7 gol urdi va 3 golli uzatmani amalga oshirdi.

28 yoshli fransuz hujumchisi bozor qiymati 25 million evrodir.