«Barselona» yozgi transfer oynasi yopilguncha markaziy hujumchini qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Xulian Alvaresni sotib olish imkoni bo'lmagach, kataloniyaliklar boshqa nomzodlarga o'tdilar.

RAC1 va Sport xabarlariga ko'ra, juma kuni «Barselona»ning sport direktori Dekku Portugaliyaga uchdi. U kim bilan uchrashishini hozircha ma'lum emas. Shunga qaramay, matbuot «ko'k-qizillar»ni portugaliyalik klublardan Luis Suares («Sporting») va Vangelis Pavlidis («Benfika») kabi hujumchilar bilan bog'lagan.

Oldinroq «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Dekku hujumchi masalasini hal qiladi degan ishonchini bildirgan.