Juma kuni Marca nashrida hujumchi Xulian Alvarezning kelajagi haqida yangi maqola chop etildi. Unda Alvarezning yagona orzusi – «Barselona»da o'ynash ekanligi aytilgan.

Biroq, «Atletiko»ning pozitsiyasi aniq – Madrid klubi bu yozda Alvarezni «Barselona»ga sotishni rejalashtirmayapti.

Shunday qilib, Xulian Alvarez 2026/2027 yilgi mavsumni «Atletiko»da o'tkazishi kerak.

26 yoshli Alvarezning amaldagi shartnomasi «Atletiko» bilan 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi.