«Atletiko» klubida bosh murabbiy Diego Simeone ning kelajagi haqida qaror qabul qilindi. Arjantinlik mutaxassisning amaldagi shartnomasi «matraschilar» bilan 2026/2027 mavsumi oxirigacha davom etadi.
AS nashrining ma'lumotlariga ko'ra, klub ichida Simeone ni jamoa boshqaruvchisi sifatida saqlab qolish zarurligi haqida fikr bildirilgan. Muzokaralar hali boshlanmagan bo'lsa-da, bu masalada hech qanday muammo bo'lmaydi, deb kutilyapti.
«Simeone ishini davom ettirishni xohlaydi. Klub ham, aslida, shunday fikrda va kelishuvga erishish barcha tomonlar uchun jiddiy muammo bo'lmasligi kerak», - deyiladi xabarda.
Diego Simeone 2011 yil dekabrida «Atletiko» ni boshqarishni boshlagan va shu vaqtga qadar jamoa bilan 800 dan ortiq o'yin o'tkazgan.
