Dushanba kuni 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi futbolchiga beriladigan Golden Boy mukofoti uchun 25 futbolchidan iborat ro'yxat e'lon qilindi. Ushbu mukofotni 2003 yildan buyon Tuttosport taqdim etadi.

Bu yil mukofotga 19 yoshli Lamin Yamal nomzod bo'lmagan, u «Barselona» va Ispaniya terma jamoasida a'lo darajada o'yin ko'rsatmoqda.

Yamalning ro'yxatdan o'chirilishi oddiy sababga ko'ra – Golden Boy mukofotini ikki marta yutib bo'lmaydi. Lamin esa ushbu mukofotni 2024 yilda qo'lga kiritgan.

2026 yilgi Golden Boy mukofoti uchun nomzodlar ro'yxati bilan tanishish uchun bizning xabarga murojaat qilishingiz mumkin.

So'nggi besh yil ichida Golden Boy mukofotini Pedri, Gavi, Jude Bellingham, Lamin Yamal va Dizayr Due qo'lga kiritgan.