Madriddagi Real hujumchisi Kilian Mbappe klubga qaytdi. Bu haqda El Chiringito TV xabar bermoqda.
Futbolchi ertalab Madridga kelib, jamoa bazasida kunning ikkinchi yarmida mashg'ulot o‘tkazdi. Mbappe yakka holda mashq qildi.
Avvalroq Mbappe Fransiya terma jamoasi safida jarohat olganidan so'ng Parijdagi tungi klubda ko'ringanligi sababli tanqidga uchragandi.
Hozirgi mavsumda Mbappe «Real» safida to'qqizta o'yin o'tkazib, sakkizta gol urdi va ikki assist berdi.
Keyingi o'yinda Real Vilyarrealga qarshi 10-oktabrda La Ligada o'ynaydi.
