«Real» jamoasining bosh murabbiyi Jozef Mourinyo juma kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida g'alati bir savolga javob berdi.
- 2013-yilgi Mourinyo bugungi Mourinyo'ga nima maslahat berardi?
- Yaxshi savol. Falsafiy. Qiyin. E'tibor bering… Hozirgi Mourinyo 2013-yilgi Mourinyo'ga maslahat berishi mumkin. Ammo 2013-yilgi Mourinyo hozirgi Mourinyo'ga maslahat bera olmaydi. Siz ota-onaga maslahat berasizmi yoki ota-onangiz sizga maslahat beradi? Tinch bo'lish kerak. Hozir men uchun tinchlikni saqlash 5, 10 yoki 20 yil oldingidan osonroq. Siz men hali ham qizil kartochkalar olayotganimni aytasiz, lekin men bu haqida emasman. Futbol – bu 24/7. Agar bu vaqtni ko'paytirsangiz, juda ko'p futbol soatlari chiqadi. Aynan shu soatlar ichida tinch bo'lish kerak”, - dedi Mourinyo.
