«Barselona» murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning ortma-ortma ikki mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
Katalonlar Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga (2:4) mag'lub bo'lib, keyin esa «Real»ga (1:2) uyda yutqazdilar.
- Men har doim aytganman, mavsum juda uzun. Hech narsa tuzatilmaydigan darajada emas. Biz «Real»ga yutqazdik va, albatta, bu hech kimga yoqmaydi. Ammo mag'lubiyatga to'g'ri munosabatda bo'lish kerak. O'sha o'yinda g'alaba qozonishimiz mumkin edi, bizda imkoniyatlar bo'ldi. Lekin endi natijani qabul qilib, saboq olishimiz kerak. Bizda Kunde, Espart, Olmo, Erik Garcia, Kristensen yo'q... Bunday vaziyatda kurashish qiyin, shuning uchun yechimlar qidirishimiz kerak. Ertangi o'yin haqida aytganda, barchasi aniq: eng muhimi - uch ochko olish, - deydi Flik ASga.
«Barselona» 10 turda 27 ochko to'pladi va La Ligada yetakchilik qilmoqda, «Atletiko»dan ikki ochko, «Real»dan esa uch ochko oldinda. Flik jamoasi keyingi o'yinini 31-oktabrda «Alaves»ga qarshi o'tkazadi.
