Braziliya terma jamoasi murabbiyi Karlo Anchelotti «Barselona» rahbariyatining noroziligiga qaramay, Rafinya Diasni terma jamoaga chaqirishdan voz kechmoqchi emas.
- Biz nafaqat braziliyalik, balki evropalik klublar bilan yaxshi munosabatlarga egamiz, futbolchilar haqida ma'lumot almashamiz. Umuman olganda, bizning hamkorligimiz yaxshi kechmoqda. Bizga hech qanday maxsus iltimoslar kelib tushmadi, ular ham bizga kerak emas. Xalqaro tanaffuslar davomida Braziliya terma jamoasi uchun muhim deb hisoblagan o'yinchilarni chaqiramiz, - deya Anchelottini Sport.es iqtibos keltirmoqda.
Rafinya avvalroq terma jamoa safida o'ynab, jarohat oldi va «Barselona»ga jarohat bilan qaytdi. Braziliya terma jamoasining navbatdagi yig'ilishi noyabr oyida o'tkaziladi va u yana chaqirilgan. Ma'lum qilinishicha, kataloniyaliklar hujumchini terma jamoaga yubormoqchi emaslar.
