«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning yarim himoyachisi Frenki de Yong haqida fikr bildirdi.

- Mening uchun Frenki - juda muhim o'yinchi. U to'liq shaklda bo'lganda, ajoyib o'ynaydi. U to'p bilan juda yaxshi ishlaydi va to'g'ri kayfiyatda bo'lsa, bizga himoyada katta foyda keltiradi. Men uni ajoyib futbolchi deb hisoblayman. U bilan jamoamiz kuchliroq bo'ladi, - deydi Flik AS nashriga.

«Barselona»ning navbatdagi o'yini 31-oktyabr kuni «Alaves»ga qarshi bo'lib o'tadi, bu Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida. Kataloniyaliklar 27 ball bilan La Liga jadvalida birinchi o'rinda turibdi.

Shuni ta'kidlash joizki, de Yong hozirgi musobaqada La Ligada 10 ta o'yindan faqat bittasida ishtirok etdi.