«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik matbuot anjumanida yarim himoyachi Rodri haqida savolga javob berdi.
- Ba'zi o'yinlarda Rodri to'pni ko'proq nazorat qilishga chaqiradi. Siz Rodri bilan bu haqda gaplashdingizmi?
- Men jamoadan o'yin jarayonini nazorat qilishni, to'pni kamroq yo'qotishni va uzoqroq ushlab turishni so'rayman. Bu muhim. O'yinni nazorat qilganda, siz to'p harakatining yo'nalishini belgilashingiz va raqibga ko'proq bosim o'tkazishingiz mumkin. To'pni yo'qotmaslik juda muhim – aks holda, uni qaytarish uchun kuch sarflashga to'g'ri keladi. Bunday vaziyatlarda biz kuchayishimiz kerak, va bu borada Rodri haqli.
«Barselona»ning navbatdagi o'yini 31-oktabr, shanba kuni Alavesga qarshi uyda o'tkazadi. Kataloniyaliklar La Ligada yetakchilik qilmoqda.
