«Atletiko»ning bosh murabbiyi Diego Simeone joriy mavsum La Ligada chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi.

- Men boshqa jamoalarga e'tibor qaratmoqchi emasman. Bizda yaxshi, yomon va omadli bo'lmagan davrlar bo'ladi, chunki hayot shunday. Chempionatda ko'p narsa sodir bo'ladi va g'alaba uchun kurashadi, kimki qiyin vaziyatdan tezroq chiqsa, - dedi Simeone. 

«Atletiko» Ispaniya chempionatining turnir jadvalida ikkinchi o'rinda turibdi, 10 o'yinda 25 ochko to'plagan. Madridliklar yetakchi «Barselona»dan ikki ochko ortda qolmoqda. Simeone jamoasi keyingi uchrashuvini 31-oktabrda «Levante»ga qarshi o'tkazadi.