O'tgan haftada «Barselona» ikki og'ir mag'lubiyatga uchradi – «PSJ»ga (2:4) Chempionlar ligasida va «Real»ga (1:2) Ispaniya chempionatida. «Ko'k-qizil»larning bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning so'zlariga ko'ra, bu o'yinlardan so'ng u rahbariyat bilan suhbatlashgan.

- Klub o'z ishonchini bildirish uchun bayonot berishi kerakmidi?

- Men Laporta va Deku bilan suhbatlashdim – albatta, hammasi joyida. Bu yoqimli bir gesto, lekin men vaziyatni yaxshi tushunaman. Ha, biz bir hafta ichida ikki muhim o'yinda mag'lub bo'ldik, lekin men o'z ishimi imkon qadar yaxshi bajarmoqdaman. Hech narsa o'zgarmadi: bu ajoyib jamoani boshqarish istagim avvalgidek qat'iy. Biz birinchi 11 ta o'yinimizni yutdik, endi esa ikki mag'lubiyatga uchradik. Biz g'alaba yo'liga qaytishimiz kerak – bu bizning ishimiz. Lekin men ishonchim komilki, bizning yondashuvimiz bu jamoa uchun eng yaxshisi, va biz bu yo'nalishda davom etamiz, - Flikning matbuot anjumanidagi so'zlarini «Gazeta.Ru» keltiradi.

Shanba, 31-oktabr kuni «Barselona» «Alaves»ni qabul qiladi.