«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Rafinya Diasning Braziliya terma jamoasiga chaqirilishi bilan bog‘liq xavotirlarini bildirdi.
- Men bu masalani Deku bilan muhokama qildim. Rafinya biz uchun juda muhim, avvalgi terma jamoa o‘yinidan keyin esa jarohat bilan qaytdi. Albatta, bu biz uchun eng yaxshi holat emasdi. Lekin, buni o‘zgartira olmaymiz. Men bilaman, Rafinya jamoamizning kapitanidir, u klubga butun qalbi bilan sodiq. Ammo u shuningdek, braziliyalik va har doim terma jamoaga chaqiruvga javob beradi. Hamma Braziliyaga yordam berishni xohlaydi. Agar uning o‘yin vaqtini biroz cheklash imkoniyati bo‘lsa, men xursand bo‘lardim. Biz Singapurga va orqaga parvoz qilishning eng yaxshi variant emasligini tushunamiz. Lekin bu mening qo‘limda emas, - deya Flikni AS iqtibos keltirmoqda.
Sentyabr oxirida Rafinya Braziliya terma jamoasi bilan Avstraliyaga (4:2) qarshi o‘tkazilgan do‘stlik o‘yinida jarohat oldi. Futbolchini terma jamoadan erta ozod qilishdi, «Barselona»ga qaytgach esa bir necha o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.
