Markaziy himoyachi «Atletiko Paranaense» Artyur Dias «Tottenhem»da o'z karerasini davom ettirishi mumkin.
GeGlobo xabariga ko'ra, «shporlar» 19 yoshli futbolchi bilan muzokaralarni qayta boshlashni rejalashtirmoqda, chunki braziliyalik klub uni 21 million evroga sotishga rozi bo'lmagan. Ma'lum bo'lishicha, «Atletiko Paranaense» Dias uchun 30 million evro talab qilmoqda.
2026 yilda Dias barcha musobaqalarda 30 marta maydonga tushdi, natijaviy harakatlar qayd etmagan.
Himoyachining klub bilan mehnat shartnomasi 2028 yil oxirigacha davom etadi. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining narxi uch million evro deb baholanmoqda.
