«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Bu haqda Angliya chempionatining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ma'lum qilindi.
Braziliyalik futbolchi avgustda APLda ikki gol urdi va ikki golli uzatma berdi.
Shuni ta'kidlash joizki, «Chelsi» APLning uchta turidan so'ng olti ochko to'plab, jadvalda to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Joao Pedro «Chelsi»da 2025-yil yozidan beri «Brighton»dan o'tgan. U Londonda jami 57 o'yin o'tkazib, 25 gol urdi va 11 golli uzatma berdi. Uning «Chelsi» bilan tuzgan shartnomasi 2034-yil yozigacha amal qiladi.
