«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq kelgusi «Manchester Siti» bilan derbi o'yinidan kutganlarini baham ko'rdilar.
- Biz hech narsani o'z-o'zidan qabul qilmaymiz. Ha, o‘tgan yili g‘alaba qozondik, lekin bu endi hamma narsani xuddi shunday qilishimiz kerak degani emas. Men biz doimiy ravishda o‘sib borayotganimizni his qilyapman va bu bizga ishonch bag'ishlaydi. Bu o‘yinning qanchalik katta va muhim ekanligini va qancha narsaning xavf ostida ekanligini tushunamiz. Qayta tiklanish va tayyorgarlik uchun kam vaqtimiz bor, lekin biz uni maksimal darajada samarali ishlatishga harakat qilamiz. «Siti» juda kuchli jamoa, yaxshi natijalar ko'rsatmoqda. Ular rotatsiya uchun yetarlicha futbolchilarga ega. Kerakli natijaga erishish uchun biz haqiqatan ham sifatli o'yin ko'rsatishimiz kerak, - dedi Karriq matbuot anjumanida.
«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» o'yini 13 sentyabrda «Old Trafford» stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanishi - 18:30 msk.
