APL klubining futbolchisi juma kuni ertalab yo'l-transport hodisasiga uchradi. Avariya «Xall Siti» trening bazasidan yaqin joyda sodir bo'lgan, Sorba Tomasning o'sha tomonga yo'l olgani taxmin qilinmoqda. Buni talkSPORT xabar qilmoqda.
«Tigrlar» muxlislari xavotirga tushishdi, chunki suratlar juda dahshatli ko'rinardi – Land Rover Defender avtomobili teskari ag'darilgan. Biroq, «Xall Siti» barchani tinchlantirdi – Tomas transport vositasidan mutlaqo jarohatlanmasdan chiqib ketgan.
Hodisaning tafsilotlari hozircha ma'lum emas.
Kuzning boshida Sorba Tomas «Xall Siti»ga «Stok Siti»dan o'tdi. O'shandan beri hujumchi «tigrlar» uchun ikki o'yinda maydonga tushdi.
