«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq «Manchester Siti» yarim himoyachisi Elliot Andersonning shahar ichidagi ustunlik haqidagi bayonotiga izoh berdi.
- Men bunday iborani ishlatmoqchi emasman. Biz yetarlicha kamtar va oxirgi yillarda qayerda bo'lganimizni real baholaymiz. Biz yaxshilanishimiz kerak, bu bizning xohishimiz va yana yuqori o'rinlar uchun kurashishga intilamiz, - dedi Karriq matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Anderson iyul oyida klubga o'tgach, «Manchester Siti»ni «Manchesterdagi qirollar» deb atagan edi.
«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» o'rtasidagi o'yin 13 sentyabrda «Old Trafford» stadionida bo'lib o'tadi.
