20 yoshli markaziy yarim himoyachi Lukas Bergvall «Tottenhem» bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning matbuot xizmati xabar berdi. Shartnoma tafsilotlari oshkor etilmagan.
«O'ylaymanki, biz maxsus bir narsani yaratmoqdamiz. Hozir klub uchun juda qiziqarli davr, shuning uchun shartnomamni uzaytirganimdan xursandman. Mening maqsadim — jamoaga imkon qadar ko'proq foyda keltirish, sifatli o'yin ko'rsatish, gol urish va golli uzatmalar berish», — deydi Bergvall klubning matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
«Tottenhem» Bergvallni 2024 yilda 20 million evroga sotib olgan. Hozirgi mavsumda u barcha musobaqalarda ikki uchrashuvda ishtirok etdi, natijaviy harakatlar bilan ajralib turmagan.
