Londonning Tottenhem klubining bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi, yarim himoyachi Lukas Bergvall bilan shartnomani uzaytirish haqida fikr bildirdi.

Avvalroq «shporlar» 20 yoshli futbolchining klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaganini ma’lum qilgandi.

«Men har kuni mashg'ulotlarda Lukasning taraqqiy etishni xohlayotganini ko'raman. U jasur va mas'uliyatni o'z zimmasiga olishni xohlaydi. Men uning eng yaxshi futbol yillari hali oldinda deb hisoblayman va biz Lukasga to'liq potentsialini ochishda yordam bermoqchimiz», — deydi mutaxassis «shporlar» matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Hozirgi mavsumda shved yarim himoyachisi ikki o'yinda maydonga tushdi, ammo gol urish bilan ajralib turmadi.