Hujumchi Fiorentina»dan Moize Kin boshqa italiyalik klub – «Komo»ning qiziqish doirasida. Ijtimoiy tarmoqlardagi manba, insayder Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar muzokaralar olib borib, 2031 yilgacha uzoq muddatli shartnoma imzolashga kelishib oldilar.
Yaqin orada «Komo» rahbariyati «Fiorentina»ga 26 yoshli futbolchini o'tkazish uchun 40 million evro taklif qiladi.
O'tgan mavsumda italiyan chempionatida Kin 26 ta o'yinda maydonga tushdi. Hujumchi sakkiz marta (ikki marta penaltidan) gol urdi va bir assist berdi. Forvardning hisobida to'rtta sariq kartochka mavjud.
