«Atalanta» 23 yoshli ingliz qanot o'yinchisi Jonatan Rou uchun «Bolonya»ga transfer taklifini berdi. Bergamasklar 35 million evro va bonuslar to'lashga tayyor, deb xabar bermoqda jurnalist Janluka di Marcio.

«Bolonya» hozircha asosiy o'yinchilaridan birini sotmoqchi emas va Rou o'rnini to'ldirish uchun ancha yuqori summani va yangi o'yinchini qo'lga kiritgandan keyingina transferni ko'rib chiqishga tayyor.

O'tgan mavsumda Rou klub darajasida 44 uchrashuvda 8 gol va 5 assist bilan ajralib turdi.

Manba shuningdek, ilgari «Atalanta» «Napoli» forvardi Noa Langga qiziqish bildirganini ta'kidlaydi.