«Bolonya» jarohatlangan o‘ng qanot himoyachisi Emil Xolm o‘rniga yangi o‘yinchi qidirishni boshladi. Yana bir nomzod sifatida sobiq «Inter» o‘yinchisi Matteo Darmian ko‘rib chiqilmoqda.
Gazzetta dello Sport ma'lumotlariga ko‘ra, Xolmga o‘ng sonning orqa qismidagi jarohati sababli operatsiya kerak bo‘lishi mumkin. Ushbu jarohat Shvetsiya terma jamoasi va Ruminiya o‘rtasidagi (2:1) Millatlar Ligasidagi o‘yinda yuzaga kelgan. O‘yinchining tiklanishi 4 dan 6 oygacha davom etishi kutilmoqda.
«Bolonya» Xolmning holati haqida oxirgi ma'lumotni kutmoqda, ammo allaqachon uning o‘rniga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. 36 yoshli Darmian «Inter» bilan shartnomasi tugagach, erkin agent maqomida.
