«Milan» yangi portugaliyalik himoyachi «Sporting»dan Gonsalu Inasiuni transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Calciomercato ma'lumotlariga ko'ra, transfer narxi 40 million evro bo'ladi. Bundan tashqari, manbaning xabariga ko'ra, futbolchi o‘tgan yozda «rossoneri»ga o'tishi kerak edi, ammo transferga «Sporting»ning Inasiu uchun vaqtida munosib o'rinbosar topa olmasligi to'sqinlik qildi.

Futbolchining italiyalik klubga qishki transfer oynasida o'tishi kutilmoqda.

Inasiu 25 yoshda, u Lissabonning atrofida tug'ilgan va «Sporting» akademiyasida tarbiyalangan. U o'z klubida 200 dan ortiq o'yin o'tkazgan, shuningdek, Portugaliya terma jamoasi safida 21 marta maydonga tushgan.