«Roma» Piyetralatadagi (Rimning shimolidagi hudud) yangi stadion loyihasini tasdiqlash jarayonining tugaganini e'lon qildi. Klub buni stadion qurilishi yo'lidagi tarixiy bosqich deb atadi.
Yangi stadion loyihasi «Roma» tomonidan bir necha yil davomida, 2022 yilning oktyabridan boshlab ishlab chiqilgan va zaruriy instansiyalardan o‘tgan. Endi rimliklar keyingi bosqichga o‘tishmoqda. Maqsad - 2027 yil martida qurilish ishlarini boshlash va 2031 yilga qadar tugatish. Yangi stadion 2032 yilgi Yevro musobaqasi uchun Italiya va Turkiyada joylashgan arenalar ro‘yxatiga kiritilishi rejalashtirilmoqda.
«Roma»da ta'kidlanganidek, yangi stadion nafaqat klub va uning muxlislarining uy arenasi bo‘ladi, balki yangi imkoniyatlar yaratish, atrofdagi hududni rivojlantirish va butun shahar hamda uning aholisi uchun uzoq muddatli foyda keltiradigan ob'ekt bo'ladi.
