33 yoshli darvozabon Mattia Perin yozgi transfer oynasida Turinning «Yuventus» klubini tark etadi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali mashhur insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, tajribali darvozabon boshqa italiyalik klub – «Palermo»da faoliyatini davom ettiradi. Tomonlar muzokaralar olib borib, transferni kelishib oldilar. Perin yaqin kunlarda tibbiy ko'rikdan o'tish uchun jo'naydi.
Shuni ta'kidlash joizki, Mattia 2018 yildan buyon «qadimgi xonim»ning futbolchisi hisoblanadi.
«Palermo» joriy mavsumda Italiyaning ikkinchi darajali divizionida – Seriya Bda o'ynaydi. Birinchi turda Sitsiliya jamoasi «Yuve Stabiyu»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
