Angliya terma jamoasi himoyachisi Jon Stouns, «Manchester Siti»dan ketganidan so'ng erkin agent maqomida, «Inter»ga o'tish uchun Milan shahriga keldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha davom etadi. Oldinroq matbuotda himoyachining «nerazzurri»dagi maoshi 4,5 million evro bo'lishi haqida xabar berilgan edi.

O'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 32 yoshli futbolchi to'qqizta o'yin o'tkazdi. Himoyachi hech qanday golli pas bermadi va sariq yoki qizil kartochka olmagan.