Markaziy himoyachi «Bolonya»dan Jon Lukumi boshqa italiyalik klubda faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bunga ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, kolumbiyalik futbolchini «Como» sotib olishni xohlaydi. Klub rahbariyati 28 yoshli himoyachi uchun 22 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. O'z navbatida, Lukumi bu yozda jamoasini o'zgartirishga tayyor.
Kolumbiyalik futbolchi «Bolonya»da 2022 yil avgustidan beri o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyining oxirida tugaydi.
O'tgan mavsumda Seriya Ada Lukumi 29 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va beshta sariq kartochka oldi.
