Nemis klubi «RB Leypsig» hujumchi Kristofer Nkunkani «Milan»dan joriy mavsum oxirida sotib olishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, shartnoma narxi 28 million evro deb baholanmoqda. Fransuz futbolchisi uchun amaldagi ijaraning muddati kelasi yil yozida tugaydi.

Joriy nemis Bundesligasida Nkunka beshta o'yin o'tkazdi. Kristofer o'z hisobiga to'rt gol va bir assist yozdirgan.

Germaniya chempionatining beshta turidan so'ng «RB Leypsig» to'qqiz ball to'plab, turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallamoqda.