«Yuventus» Kenen Yildiz bilan yaqin kelajakda xayrlashishni rejalashtirmayapti. 21 yoshli futbolchiga evropaning yirik klublari qiziqish bildirmoqda, ammo turk yulduzini o'ziga jalb qilish oson bo'lmaydi: jurnalist Ekrem Konur xabariga ko'ra, «qadimgi qiz» transfer uchun taxminan 120-150 million evro talab qiladi.

Kenen Yildiz Madridning «Real», «Bavariya», «Arsenal» va «Tottenxem» klublarining diqqat markazida qolmoqda. Transfermarkt portalining ekspertlari universal hujumchining qiymatini 75 million evro deb baholamoqda. O'yinchining «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi.