«Bolonya» matbuot xizmati «Roma» hujumchisi Artem Dovbikni ijaraga olgani haqida ma'lum qildi.

Ijaraga berish shartnomasi 2026/27 mavsumi oxirigacha mo'ljallangan. Shuningdek, shartnoma futbolchini sotib olish opsiyasini ham o'z ichiga oladi. Dovbik «Bolonya» tarixida birinchi ukrainalik futbolchi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Artem Dovbik 2024 yilda «Jirona»dan 41 million evro evaziga «Roma»ga o'tgan. Uning Rim klubidagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. O'tgan mavsumda ukrainalik hujumchi «bo'rilar» safida barcha musobaqalarda 18 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Dovbikning narxini 15 million evro deb baholamoqda.