Yangi Italiya terma jamoasi texnik direktori Klaudio Ranyeri matbuot anjumanida Roberto Manchini bilan qanday hamkorlik qilishi haqida ma'lumot berdi. Manchini terma jamoaning bosh murabbiyi lavozimiga qaytgan.
«Men hech qachon Roberto oldiga bormayman va unga nima qilish kerakligini aytmayman. Agar u mening fikrimni bilishni xohlasa, men xursandchilik bilan o'rtoqlashaman. Men murabbiy bo'lganimda, sport direktori bilan maslahatlashmaganman, hamkorlarim bilan hamma narsani muhokama qilardim. Manchini APLni yutganida, men uning oxirgi uy o'yiniga kelganimni eslayman. Bu ajoyib edi. Italiyalikning g'alaba qozonishini ko'rish juda yoqimli edi», - deya ta'kidladi Ranyeri.
