«Milan»ning yangi himoyachisi Sankun Diavara italiyalik klubdagi birinchi intervyusini berdi.
«Mening uchun «Milan» nima? Bu tarixga ega, afsonaviy klub. «Milan»da «San-Siro» bor - dunyodagi eng go'zal stadion. Men hayajondaman, debyutimni, muxlislar va jamoa hamkorlarim bilan uchrashishni kutyapman... Hali nima bo'lganini to'liq anglamadim. Ishonchim komilki, gol urgan kunimni hech qachon unutmiman. Avvalo, men moslashishni xohlayman, so'ngra jamoaga foyda keltirishni umid qilaman», - dedi Diavara.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli fransuz himoyachisi «Milan»ga «Troa»dan o'tdi. Transfer summasi 3 million evroni tashkil etdi.
