Hujumchi «PSJ» Randal Kolo-Muani «Yuventus»ga qaytmoqda. «Qadimiy qizil» parijliklar bilan uzoq muzokaralardan so'ng kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira. Turin klubi 27 yoshli futbolchini 4 million yevro evaziga ijaraga oladi, shartnoma bo'yicha esa 46 million yevro to'lash majburiyati mavjud, shundan 12 millioni – qo'shimcha bonuslar. Bu majburiyat 2026/27 mavsumi yakunida jamoaning evrokuboklarga chiqishi holatida kuchga kiradi.
Kolo-Muani bilan «Yuventus» o'rtasidagi shartnoma 2031 yilgacha davom etadi. Avvalroq fransuz 2025 yilning birinchi yarmida «b'yankoneri» ranglarini himoya qilgan, o'tgan mavsumni esa «Tottenhem»da ijarada o'tkazgan.
