Avvalgi «Milan» va Italiya terma jamoasi futbolchisi Aleksandro Kostakurta Paolo Maldini «skuadra adzurra»ning texnik direktori etib tayinlanganidan juda mamnun. U ushbu lavozimni bosh murabbiy ishidan muhimroq deb hisoblaydi.

«Bu italiyaning futboli uchun ajoyib yangilik. Bu eng yaxshi tanlov. Eng yaxshi. Menimcha, bu tanlov italiyaning terma jamoasi murabbiyidan muhimroq», - deya Kostakurta so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, Paolo Maldini o'zining futbol karerasini 2009 yilda tugatgan. Italiya terma jamoasi to'rt marta jahon chempionatini yutgan, ammo so'nggi yillarda uning final qismiga chiqolmayapti.