Italiyaning sobiq to‘purarlaridan biri Chiro Immobile hozirda Frantsiyada o‘ynaydi, ammo, albatta, o‘z vatanidagi voqealarni kuzatib bormoqda. U Milanning «Inter» klubi yangi mavsumni chempionlik unvoni uchun asosiy favorit sifatida boshlashiga shubha qilmaydi.

«Albatta, «Inter» favorit sifatida boshlaydi, boshqa jamoalarda juda ko‘p o‘zgarishlar, yangi murabbiylar bor. Ular darhol yaxshi natijalar ko‘rsatishmaydi. Vaqt kerak», - deya Immobilening so‘zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» so‘nggi olti yil ichida uchta chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu davrda «Napoli» ikki marta, «Milan» esa bir marta chempion bo‘lgan.