«Roma» afsonasi Francesco Totti o'zining futbol karerasidagi eng yaxshi kun haqida savolga javob berdi.

- Sizning hayotingizdagi eng yaxshi kun? Italiya chempionatida g'alaba yoki jahon kubogini qo'lga kiritish?

- Yo'q. Bu Krestian tug'ilgan kun edi. Men o'shanda Messinada o'ynayotgan edim. Tug'ruqxonaga yetib borganimda, u allaqachon dunyoga kelgan edi. Uni qo'limga olib, «baxt» so'zining asl ma'nosini tushundim, - dedi Totti Corriere della Sera bilan bo'lgan intervyusida.

Krestian Totti 19 yoshida futbol karerasini tugatishga qaror qildi. Ko'rinib turibdiki, Totti kichik o'zini futbolchi sifatida topa olmadi. Hozirda Krestian 20 yoshda.

Francesco Totti 2001 yilda Italiya chempioni, 2006 yilda esa jahon chempioni bo'lgan.