«Napoli» joriy mavsumda barcha musobaqalarda o'tkazilgan dastlabki to'qqiz o'yinda beshta mag'lubiyatga uchradi. Bunday muvaffaqiyatsizliklar klub tarixida 20 yildan buyon kuzatilmagan bo'lib, bu Massimiliano Allegrining kelajagini xavf ostiga qo'yadi.
Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Veneziaga qarshi o'yinda Allegri tomonidan tanlangan tarkib, klub prezidenti Aurelio de Laurentiisni hayratda qoldirgan.
Agar vaziyat yanada yomonlashsa, Allegri o'rniga ehtimoliy nomzodlar sifatida Igor Tudor va T'yaqo Motta ko'rib chiqilmoqda. Shuningdek, yaqinda Vinchenso Montella Turkiya terma jamoasidagi ishini tugatgandan so'ng, nomzod sifatida ko'rib chiqilmoqda.
