O'tgan «Roma» kapitanlaridan Francesco Totti o'zining karerasida «Real»ga o'tish imkoniyati haqida savolga javob berdi.

- «Real»ga rad javob berganingizdan qanchalik afsuslanasiz?

- Afsuslanaman deb aytolmayman, lekin ichimda bir his bor: «Agar...». 2004 yilda «galaktikos» tarkibida - ularni shunday atashlari bejiz emas - Bekxem va Zidan kabi o'yinchilar bor edi. Men hamma narsani yutgan bo'lardim. Ehtimol, hatto «Oltin to'p»ni ham qo'lga kiritgan bo'lardim. Lekin oxir-oqibat hammasi yaxshi bo'ldi. O'sha paytda men yuragimga quloq solib qaror qildim, - dedi Totti «Corriere della Sera»ga bergan intervyusida.

Francesco Totti butun o'yin faoliyatini «Roma»da o'tkazdi.