«Barselona» jamoasining yarim himoyachisi Dani Olmo jamoadoshi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
18 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasidan chiqarilgan, chunki u pubalgiya kasalligidan davolanishni davom ettirmoqda. Olmoning so‘zlariga ko‘ra, Lamin bu holatdan juda xafa bo‘lgan, chunki u har doim terma jamoa uchun o‘ynashni xohlaydi.
Hozirda esa u to‘liq sog‘aymaganligi sababli jamoaga tayyor emas. «Barselona» va terma jamoa o‘rtasida hech qanday muammo yo‘q, munosabatlar yaxshi.
Klub va milliy jamoa har ikkisi ham Yamalning eng yaxshi holatda bo‘lishini istaydi. Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Gruziya va Turkiya terma jamoalari bilan 15 va 18 noyabr kunlari o‘yin o‘tkazadi.