«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Muzokaralar muvaffaqiyatli kechmoqda va ijobiy natijaga yaqinlashmoqda. Jurnalist Ferran Korreas ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi bilan «ko‘k-qirmizi» jamoa o‘rtasidagi kelishuv 2029 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan bo‘ladi.
Shuningdek, shartnomaga avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham kiritiladi. Erik Garsiya 2021 yilda «Manchester Siti»dan «Barselonaga» qaytdi.
Joriy mavsumda u Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa tarkibida barcha musobaqalarda jami 16 o‘yinda maydonga tushdi va bir marta gol urdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi kelayotgan yozda yakunlanadi.
Yangi bitim uning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, klub va futbolchi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.