«Barselona» futbolchilarining «Atletiko» Madridga qarshi o‘yinda suhbatlari kameraga tushib qoldi.
Kamera zaxira o‘yinchilari Gabriel Jizus va Alejandro Balde o‘rtasidagi muloqotni qayd etdi. Bir payt braziliyalik aytdi:
«Pedri qanchalik yaxshi. U ajoyib o‘yinchi».
Balde ham o‘z jamoa dosdining fikrini qo‘llab-quvvatladi:
«Ha, u juda yaxshi, aka».
12-turda Ispaniya La Ligasi doirasida «Barselona» mehmonlikda «Atletiko»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Hans-Diter Flik jamoasi 9-daqiqada gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, jasorat bilan g‘alaba qozondi.
Hozirda «Barselona» chempionat jadvalida 33 ochko to‘plab, yetakchilik qilmoqda.
