12-turda Ispaniyaning La Liga musobaqasida Madridning «Real» jamoasi mehmon sifatida «Valensiya»ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
O'tgan uchrashuvda «Real» futbolchilari to'pni 70% vaqt davomida o'z nazoratida ushlab turishdi, raqib esa 30% bilan cheklanishga majbur bo'ldi. Diario AS ma'lumotlariga ko'ra, bu «oq-shomlar» uchun joriy Ispaniya chempionatidagi rekord natija hisoblanadi.
12 turdan so'ng «Real» jamoasi La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda joylashgan bo'lib, 30 ochkoga ega. Ular yetakchi «Barselona»dan atigi uch ochko ortda qolmoqda.
Jamoa Jozef Mourinyo boshqaruvida keyingi turda «Selta»ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv 21-noyabrda bo'lib o'tadi.
