Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Endrik klubdan ketishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi. Avvalroq, braziliyalik futbolchining yanvar oyida ijaraga berilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Menga atigi 20 yosh, shuning uchun voqealar qanday rivojlanishini ko'rib chiqamiz. Men faqat o'ynashni, baxtli bo'lishni va jamoa hamkorlarimga yordam berishni xohlayman. Yanvar oyida nima bo'lishini bilmayman. Madrid — ajoyib shahar, lekin men har doim o'z kareramni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan barcha ishlarni qilaman», — dedi Endrik gazetachi Kae Mote bilan intervyusida.

Hozirgi mavsumda Endrik barcha musobaqalarda atigi yetti o'yinda ishtirok etdi va ikki samarali harakat (1+1) amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchining «Real» bilan tuzilgan shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi.

Endrik: «Mening Mourinyuga katta ishonchim bor»